Features Masnaviydan ibratli hikoyatlar
Jaloliddin RUMIY“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALARMasul muxarrir:Abdumurod TILAVOVfilologiya fanlari nomzodiHazrati Mavlononing hayotiMavlono Jaloliddin Rumiy 1207 yil 30 sentabrda bugungi Afg‘oniston hududiga qarashli bo‘lgan Xuroson o‘lkasining Balx shahrida tug‘ilgan.
Mavlononing otasi Balx shahrining peshvolaridan bo‘lib, «Olimlar sultoni» unvonini olgan Husayn Hatibi o‘g‘li BahovuddinValaddir.
Onasi esa Balx amirining qizi Mo‘mina xotundir.
Bahovuddin Valad ba’zi sayosiy voqealar va mo‘g‘ul istilosi sababli Balxdan ketishga majbur bo‘lgan.
1212 yoki 1213 yilda oila a’zolari va yaqinlari bilan birgalikda Balxdan ketganlar.«Olimlar sultoni»ning ilk o‘rnashgan joyi Nishopur bo‘ldi.
Bu shaharda mashhur mutasavvif Farididdin Attor bilan uchrashdi.
Mavlono kichik bo‘lishiga qaramay u erda Farididdin Attorning nazariga tushdi.
«Olimlar sultoni» Nishopurdan Bog‘dodga va keyinchalik Kufa yo‘li orqali Ka’baga yo‘l oldi.
Haj amalini bajargandan so‘ng, qaytishda Shomga kirib o‘tdi.
Shomdan Malazya, Erzinjon, Sivas, Qaysari, Nig‘de yo‘llari orqali Larendega (Karaman) keldi.Karamanda amir Muso qurdirgan madrasada qo‘nim topdi.
1222 yilda Karamanga kelgan «Olimlar sultoni» va uning oilasi bu yerda yetti yil yashadi.
Mavlono 1225 yilda Sharafiddin Loloning qizi Gavhar xonimga uylandi.
Mavlononing bu nikohidan sulton Valad va Alovuddin Chalabiy ismli ikki o‘g‘li bor.
Bir necha yillardan so‘ng Gavhar xonimni yo‘qotgan Mavlono bir bolasi bilan beva qolgan Karra xonimga“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar.
Jaloliddin Rumiy uylandi.
Mavlononing ikkinchi nikohidan Muzaffariddin, Amir Alim Chalabiy nomli ikki o‘g‘il va Malika xonim ismli bir qiz dunyoga keldi.Masnaviy haqidaMasnaviy sharq klassik adabiyotida bir she’r usulining nomidir.
Lug‘at ma’nosi «ikkilik», «ikkitadan» demakdir.
Adabiyotda bir xil vaznda va har bayti o‘zaro alohida alohida qofiyalanib kelgan nazm shakliga masnaviy deyilgan.Masnaviy sharq she’riyatining bir she’riy yo‘nalishi bo‘lsada, masnaviy deyilganda odatda Mavlononing «Masnaviy»si ko‘z oldimizga keladi.
Mavlono «Masnaviy-»ni Husomiddin Chalabiyning iltimosiga ko‘ra yozgan.
Kotib Chalabiy so‘zlariga qaraganda Mavlono «Masnaviy» baytlarini aytib turar, Husomiddii Chaaabiy yozar edi.«Masnaviy»ning tili forschadir.
Hozirda Mavldi» muzeyida saqlanayotgan 1278 yild yozilgan Masnaviy» nusxasiga ko‘ra, baytlar soni 25618 tadir.
Secure & Private
Your data is protected with industry-leading security protocols.
24/7 Support
Our dedicated support team is always ready to help you.
Personalization
Customize the app to match your preferences and workflow.
See the Masnaviydan ibratli hikoyatlar in Action
Get the App Today
Available for Android 8.0 and above